Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Bahor keldi seni so’roqlab”

×

 2023-03-01 23:44:17    375

PDF yuklash
Chop etish


Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiya Isroilova–oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan dilkash ijodkor, sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol. Zulfiya ijodining oʻziga xosligi zamondoshlarimiz eʼtirofida oʻz ifodasini topgan.

Inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi, Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan O’zbekiston tumani Ixtisoslashtirilgan maktab-inernatida 5-8-sinflar o’rtasida “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida ijodiy tanlovlar tashkil etildi.

Tanlovda oʻquvchilar Zulfiyaxonimning she’rlarini yod etish, shoiraning qoʻshiqqa aylangan she’rlarini ijro etish, ijodiy ishlar tanlovi (nasr, nazm) hamda shoiraning she’rlari asosida rasm chizish shartlarida bellashdilar.

Ushbu shartlar natijasiga ko’ra 3-oʻrinni 8 “B”, 2-oʻrinni 8 “D”, 1-oʻrinni 7 “A”  sinf o’quvchilari qo’lga kiritdi. 

Barcha faol ishtirokchilar maktab-internati tomonidan munosib rag'batlantirildi.