Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 222 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yoshlar giyohvandlik vositalariga qarshi

×

 2025-02-12 09:39:09    1043

PDF yuklash
Chop etish


“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasida O‘zbekiston tumanidagi yoshlar vakillari bilan turkum uchrashuv-muloqotlar tashkillanmoqda.

Ana shu mavzudagi targ‘ibot tadbiri Qirqketmon mahallasidagi 16-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. 

Tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov boshchiligidagi daxldor mutasaddilar ishtirok etgan uchrashuvda o‘quvchilarga giyohvand moddalarning inson sog‘lig‘i va taqdiriga zarari to‘g‘risida keng tushuntirishlar berilib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar bilan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlanish, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘nalishlarida ham suhbatlar o‘tkazildi.