Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Elchilik mirishkor moʻjaz issiqxonasida 100 mingdan ziyod gul ko‘chatlari yetishtirmoqda

×

 2025-02-18 21:15:17    282

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston tumanida tomorqadan  unumli foydalanib, mo‘may daromad topayotgan omilkorlar ko‘p. “Elchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ravshanbek Sultonov ulardan biri. 

Bir muddat gul savdosi bilan shug‘ullangan omilkor o‘tgan yili tomorqasida jami 4 sotixli 2 ta issiqxona tashkil etib, ko‘chatlar yetishtirishni o‘zi yo‘lga qo‘ydi. Bugun uning issiqxonasida 100 mingdan ziyod turli xil gul ko‘chatlari parvarishlanyapti.

“Gulchilik va ko‘chatchilik - serdaromad tarmoq. Ozgina mehnat sarflab, qunt qilsangiz kifoya. Ko‘pdan buyon niyat qilgan maqsadimga erishdim, bunda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida bankdan ajratilgan 32 million so‘m imtiyozli kredit ham asqotdi. Bir mavsumda uch marta hosil olib, oilamiz bilan munosib daromadga ega bo‘lyapmiz”, deydi Ravshanbek Sultonov.