Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati”

×

 2023-04-05 13:42:50    216

PDF yuklash
Chop etish


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tumandagi 5- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Sho’rqishloq mahalla fuqarolar yig’inlari faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida inson qadri, uning manfaatlari va umuman xalq uchun keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topayotgani, Yangilanayotgan Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ziyolilar faol ishtirok etganligi bilan ham o‘z qadr-qimmatiga egaligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.