Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Respublika ishchi guruhining O‘zbekiston tumani mahallalaridagi o‘rganishlari aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilmoqda

×

 2025-02-04 21:40:53    1185

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish maqsadida Respublika ishchi guruhi O‘zbekiston tumanida ham bo‘lib turibdi.

“Abduraxmon Jomiy”, “Zinasha”, “Nursux” va “Ziyo Nursux” kabi mahallalarda bo‘lgan ishchi guruh vakillari ehtiyojmand, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar vakillarining turmush sharoitlari bilan tanishib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla va ijtimoiy soha ob’yektlarining infratuzilmasini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, migratsiyalar bilan manzilli ishlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ta’kidlash joiz, o‘rganishlar davomida joylarda aholi vakillari tomonidan ko‘tarilgan muammolar imkon qadar joyida ijobiy hal etilib, viloyat va respublika darajasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmoqda.  

Respublika ishchi guruhining tumandagi o‘rganishlari davom etmoqda.