Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sayyor qabullarda muammolar hal etilmoqda

×

 2025-02-12 16:45:48    1134

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O‘zbekiston tumanida Farg‘ona viloyati sektorlari rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, Xalq qabulxonasi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi rahbar xodimlari, Farg‘ona viloyati sudlari raisi ishtirok etdi.

Shuningdek, sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ham qatnashdilar.

Qabul kelgan fuqarolarning sog‘liqni saqlash, kredit, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy yordam, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, kadastr, bandlik, sud-tergov va sud hujjatlari ijrosi kabi oltmishdan ziyod masalalari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Murojaatlarning ko‘pi qabul chog‘ida o‘z yechimini topdi, ayrim masalalar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi. Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.