Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yosh qutqaruvchi”lar saralandi

×

 2025-02-13 23:12:14    925

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston tumanida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubi jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda musobaqaning sektor bosqichlarida g‘olib deb topilgan tuman umumta’lim maktablarining jami 130 nafardan ziyod o‘quvchilaridan iborat 12 ta jamoasi o‘zaro bellashdi.  

Ishtirokchilarning bilim va mahorati fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari bo‘yicha savol-javob, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shartli daryodan arqon yordamida o‘tish, yong‘inni o‘chirish estafetasi va chodir tikish singari shartlar bo‘yicha baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 21-umumta’lim maktabining “Havaskorlar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. 48-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi ikkinchi hamda 49-umumta’lim maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.